Usmon Yusupov
Usmon Yusupovich Yusupov | |||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi Bosh Kotibi | |||||||||||||||||||
Mansab davri 1937-yil 27-sentabr – 1950-yil aprelgacha | |||||||||||||||||||
Oʻtmishdoshi | Akmal Ikromov | ||||||||||||||||||
Vorisi | Amin Niyozov | ||||||||||||||||||
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisi | |||||||||||||||||||
Mansab davri 1953-yil 7-aprel – 1954-yil 18-dekabrgacha | |||||||||||||||||||
Oʻtmishdoshi | Nuriddin Muhiddinov | ||||||||||||||||||
Vorisi | Nuriddin Muhiddinov | ||||||||||||||||||
SSSR Paxtachilik Vaziri | |||||||||||||||||||
Mansab davri 1950-yil 5-aprel – 1953-yil 15-martgacha | |||||||||||||||||||
Oʻtmishdoshi | lavozim joriy etilgan | ||||||||||||||||||
Vorisi | lavozim tugatilgan | ||||||||||||||||||
Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Raisi | |||||||||||||||||||
Mansab davri 1938-yil 17-iyul – 1938-yil 21-iyulgacha | |||||||||||||||||||
Oʻtmishdoshi | lavozim joriy etilgan | ||||||||||||||||||
Vorisi | Yoʻldosh Oxunboboyev (OʻzSSR Oliy Soveti Prezidiumi Raisi sifatida) | ||||||||||||||||||
Oʻzbekiston KP(b) MQ Toshkent viloyati boʻyicha Tashkiliy Byurosining Bosh Kotibi | |||||||||||||||||||
Mansab davri 1938-yil yanvar – 1938-yil iyungacha | |||||||||||||||||||
Oʻtmishdoshi | lavozim joriy etilgan | ||||||||||||||||||
Vorisi | lavozim tugatilgan; uning oʻzi, Oʻzbekiston KP(b) Toshkent obkomi (viloyat qoʻmitasi) Bosh Kotibi sifatida | ||||||||||||||||||
Oʻzbekiston KP(b) Toshkent obkomi Bosh Kotibi | |||||||||||||||||||
Mansab davri 1938-yil iyun – 1939-yilgacha | |||||||||||||||||||
Oʻtmishdoshi | lavozim joriy etilgan; uning oʻzi, Oʻzbekiston KP(b) MQ Toshkent viloyati boʻyicha Tashkiliy Byurosining Bosh Kotibi sifatida | ||||||||||||||||||
Vorisi | ? | ||||||||||||||||||
Oʻzbekiston SSR Oziq-ovqat sanoati Xalq komissari | |||||||||||||||||||
Mansab davri 1936-yil dekabr – 1937-yil sentabrgacha | |||||||||||||||||||
Shaxsiy maʼlumotlari | |||||||||||||||||||
Tavalludi |
1901-yil 18-fevral (1-mart) Kaftarxona qishlogʻi, Margʻilon uyezdi, Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi | ||||||||||||||||||
Vafoti |
1966-yil 7-may (65 yosh) Yangiyoʻl, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR | ||||||||||||||||||
Fuqaroligi | SSSR | ||||||||||||||||||
Millati | oʻzbek | ||||||||||||||||||
Siyosiy partiyasi | VKP(b) (1926-yildan) | ||||||||||||||||||
Mukofotlari |
|
Usmon Yusupovich Yusupov (1-mart 1900, Fargʻona tumanidagi Kaptarxona qishlogʻi – 7-may 1966, Yangiyoʻl Toshkent) – davlat va siyosat arbobi. Mehnat faoliyatini 1916-yil Qovunchi (hozirgi Yangiyoʻl shahri)dagi paxta tozalash zavodida ishchilikdan boshlagan. Toshkent binokorlar uyushmasi raisi, kasaba uyushmalari Toshkent okrugi kengashi raisi (1926—1928). Oʻzbekiston Kompartiyasi MK kotibi (1928—1931), VSSPS Oʻrta Osiyo byurosi raisi (1931—1934). Oʻzbekiston SSR Oziq-ovqat sanoati xalq komissari (1936—1937), Oʻzbekiston Kompartiyasi MK 1-kotibi (1937—1950). SSSR Paxtachilik ministri (1950—1953), Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi (1953—1954), Mirzachoʻldagi „4-Boyovut“ va „2-Boyovut“ szlari? va Yangiyoʻl tumanidagi „Xalqobod“ agrarsanoat birlashmasi direktori (1955—1966).
Usmon Yusupov respublikaga rahbar boʻlgan yillarda Oʻzbekistonda xalq hashari yoʻli bilan yirik suv inshootlari (Katta Fargʻona kanali, Kattaqoʻrgʻon suv ombori va boshqalar) qurilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida mamlakat gʻarbidan koʻchirib keltirilgan korxonalarni ishga tushirish, yangilarini qurish, frontni oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan muntazam taʼminlash, oʻzbekistonliklarni fashizmga qarshi kurashga safarbar qilish, urush tufayli uyjoy va boshpanasiz qolgan aholi hamda yetim qolgan bolalarga mehribonlik va insonparvarlik qilishda Usmon Yusupov bosh-qosh boʻlgan. U oʻz siyosiy faoliyati davrida imkoniyat doirasida Oʻzbekiston xalqi manfaatlarini himoya qilishga intilgan boʻlishiga qaramay ommaviy qatagʻon siyosatida (1937——1939) Markaz farmoyishlarini bajarishga majbur boʻlgan. Toshkentdagi Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan. Katta Fargʻona kanali, Fargʻona tumanidagi qishloq, respublikadagi bir necha maktab, koʻcha, shirkat xoʻjaligiga Usmon Yusupov nomi berilgan. Yangiyoʻl shahrida uy muzeyi bor, haykali mavjud[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Yangiyoʻlda vafot etganlar
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Oʻzbekiston Prezidentlari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- 1901-yilda tugʻilganlar
- 18-fevralda tugʻilganlar
- 1966-yilda vafot etganlar
- 7-mayda vafot etganlar
- Lenin ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat belgisi ordeni sohiblari
- Fargʻona viloyati (Rossiya imperiyasi)da tugʻilganlar
- Chigʻatoy qabristoniga dafn etilganlar
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotiblari
- Oʻzbekiston SSR hukumat rahbarlari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining birinchi kotiblari